Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi

Farg‘ona viloyatidagi “Nuroniy” jamg‘armasi Rishton tuman bo‘limi rahbari Tursunxo‘ja Abdurahmonov AQShga safari davomida Nyu-York shahrida joylashgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) bosh qarorgohida bo‘ldi.
Tashrif davomida u xalqaro tashkilot faoliyati, uning tinchlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish, millatlararo hamjihatlikni mustahkamlash yo‘nalishlaridagi dasturlari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, BMTning turli sohalardagi ekspertlari va vakillari bilan suhbat olib bordi hamda o‘zbek nuroniylarining jamiyatdagi o‘rni ва faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Mazkur tashrif xalqaro doiradagi hamkorlikni mustahkamlash bilan birga, yurtimizda keksalar mavqeini oshirish, ularning faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi


RISHTONDA TURKIYALIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Rishton tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi