Hukumat qarorining ijrosi amalda: O‘zbekiston tumanidagi qariyb 134 ming kv.m ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda







O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston tumanidagi ichki yo‘llarni saqlash, joriy va mukammal ta’mirlash yuzasidan 2025 yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxat shakllantirildi.
Hukumat qarori ijrosini ta’minlash maqsadida shu manzilli ro‘yxat asosida tumandagi 60 ta mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi mavjud ichki yo‘llarning 133 ming 734 kv. metr qismi ta’mirlanishi belgilangan. Shundan, 21 ming 104 kv. metr asfalt-beton qoplamali ichki yo‘llarda qisman (paydo bo‘lgan chuqurcha va yo‘l buzilishlarini kartasimon usulda) ta’mirlash ishlari bajarilsa, 112 ming 630 kv. metr tuproq yo‘llar shag‘allashtiriladi.
Ayni kunlarda tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi mazkur ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlariga qizg‘in kirishilgan. Mahallalarda bosqichma-bosqich ish tashkillanib, boshqarmaning texnika va kuch-vositalari yordamida ichki ko‘chalardagi yo‘llar soz holatga keltirilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz





Do‘rmon mahallasida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi