O‘zbekiston tumanidagi yana bir maktab uchun 660 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosi qurilishi boshlandi






Joriy yilgi investisiya dasturi doirasida O‘zbekiston tumani "Tuyul" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 36-umumta’lim maktabi uchun 660 o‘rinli qo‘shimcha yangi o‘quv binosi bunyod etishga kirishildi.
Bugun bilim maskanining yangi binosiga ezgu niyatlar bilan birinchi g‘isht qo‘yildi. Marosimda tuman hokimi Ravshanbek Begmatov, tuman prokurori Obidjon Sobirov, mahalla ahli vakillari, nuroniylar, maktab jamoasi va quruvchilar ishtirok etdi.
Maktabning 320 o‘rinli mavjud binosi 1969 yilda barpo etilgan bo‘lib, so‘nggi vaqtlarda bu yerda 800 nafardan ziyod o‘quvchilar tahsil olayotgan edi.
O‘quvchilar sonining ta’lim muassasasining quvvatiga nisbati ortiqligi bilan bog‘liq muammoni ijobiy hal etish maqsadida investisiya loyihasi tayyorlanib, amalga tadbiq etildi.
Endilikda bu yerda namunaviy loyiha asosida 4 qavatli, 660 o‘rinli yangi o‘quv binosi qad rostlab, zamon talablariga mos jihozlanadi. Bunyodkorlik tadbirlariga jami 11 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan.
Ayni kunlarda pudratchi tashkilot “Boniy quruvchi” MCHJ quruvchilari muassasadagi qurilish ishlariga jadal kirishdilar.
Ezgu tashabbus avvalida oqsoqollar duoga qo‘l ochib, boshlangan xayrli ishlarga barokat, quruvchilarga kuch-quvvat, yurtimizga tinchlik va xalqimizga omonlik so‘radilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi


RISHTONDA TURKIYALIK TADBIRKORLAR BILAN HAMKORLIK YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Rishton tumani hokimi ishtirokida fuqarolar murojaati tinglandi