Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
74
10
Sayt test rejimida ishlamoqda...

402025-07-17 19:22

"Jasorat maktabi"ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev navqiron avlodni vatanparvarlik, yurtga sadoqat, qat’iyat, mardlik va matonat ruhida tarbiyalashdagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida “Jasorat maktab”larini tashkil etish tashabbusini ilgari surgan edi. Ushbu g‘oya keng jamoatchilik, yoshlar, ota-onalar va pedagoglar tomonidan qizg‘in kutib olindi.

Prezidentimizning 2024 yil 15 noyabrdagi PQ-393-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston tumanidagi 22-umumta’lim maktabida ham ana shu “Jasorat maktabi” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bugun ayni ta’lim maskanida “Jasorat maktabi”ga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi-jismoniy tayyorgarlik sinovlari bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, yuqori saviyada tashkillangan sinovlarda har bir o‘quvchiga 5 tadan jismoniy mashqlar berilib, "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarining turlari va mezonlariga muvofiq 50 ballik tizim asosida baholanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz